23:28 / 27.01.2020
2 388

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Mourinodan juda ko‘p narsa o‘rganganman"

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Mourinodan juda ko‘p narsa o‘rganganman"
«Al Ayn» - «Bunyodkor» uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Emanuel ishtirok etdi.
- Ertaga biz uchun muhim o‘yin. Uchrashuvga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘rdik va ko‘ryapmiz. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Hujumkor o‘yinni, to‘pni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi to‘p suramiz. Shuning uchun ertangi bahsda to‘p nazoratini o‘zimiz tomonda bo‘lishi ustida ishlayapmiz.

- «Bunyodkor» ertaga mavsumdagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi. Buni raqib bosh murabbiy ham aytib o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, Al Aynga g‘alaba uchun kelganini yashirmadi.
- Ayni vaqtda har ikkala jamoa ham bir xil holatda va bir xil bosqichda. Shuning uchun biz ham raqib ham g‘alaba uchun maydonga chiqadi. «Bunyodkor»ni hurmat qilamiz. Raqib bosh murabbiyi nima deganini muhokama qilish niyatim yo‘q.

- Braziliyalik hujumchining holati qanday?
- Uni jarohati bor edi, shuning uchun so‘nggi uchrashuvda maydonga tusha olmagandi. Ishonamanki, ertagacha jarohatidan qutiladi va bizga yordam beradi. Chunki u biz uchun juda muhim futbolchi. Lekin har qanday holatda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga, bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmaganimizni isbotlashga harakat qilamiz. Yana bir narsani qayd etib o‘tishim kerakki, ertangi bahs biz uchun juda muhim. Shuning uchun muxlislarimiz bizni doimgidek stadionda qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddaman. Sababi, biz aynan ularning olqishi bilan yanada kuchli jamoaga aylanamiz.

- Siz Joze Mourino qo‘l ostida Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqansiz. Bugun murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etyapsiz. Nimalarni xis qilyapsiz?
- Aytishim mumkinki, Mourinodan juda ko‘p narsa o‘rganganman. Undan o‘rgangan asosiy jihatlardan, doimo o‘zingni kuchli jamoa ekanligingni ko‘rsata olish. Ertaga ham biz shunday kuchli va katta jamoa ekanligimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Jamoada ish boshlaganimdan beri futbolchilarga shuni singdirishga harakat qilyapman. Katta jamoa bo‘lish uchun esa, albatta katta-katta musobaqalarda g‘alaba qozonish kerak.

Manba: fcbunyodkor.com

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Ayn" bosh murabbiyi: "Mourinodan juda ko‘p narsa o‘rganganman"