13:23 / 29.01.2020
3 188

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya, Bolgariya, "Shaxtyor" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya, Bolgariya, "Shaxtyor" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, shu yilning oktabr oyida O‘zbekistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok yetadigan Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Terma jamoamiz har oy yig‘inlar tashkil yetmoqda. Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yertaga, 29 yanvar kuni start oladi. Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz 2 kun davomida Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi va so‘ngra 31 yanvarda Turkiyaga yo‘l oladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiyada tashkil yetiladigan yig‘in 12 fevralga qadar davom yetadi. Yig‘in doirasida 5 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil yetiladi.
O‘rtoqlik o‘yinlaridagi raqiblar:

2 fevral – Bolgariya U-19
4 fevral – “Levski Sofiya” (Bolgariya)
6 fevral – Bolgariya U-19
8 fevral – “Shaxtyor” U-21 (Ukraina)
11 fevral – Rossiya U-19

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya, Bolgariya, "Shaxtyor" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi