18:46 / 29.01.2020
2 804

Ertaga Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

Ertaga Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi
"Bilasiz, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etdi va yakunda 4-o‘rinni egalladi.

Qit’a chempionati yakunlariga bag‘ishlab ertaga, 30 yanvar kuni soat 11:00da O‘FA anjumanlar zalida Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar olimpiya terma jamoasi ustoziga musobaqa yakunlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishadi", - deyiladi O‘FA bergan xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi