14:50 / 14.02.2020
2 774

Bokschilarimizning Iordaniyaga boradigan tarkibi bilan tanishing

Bokschilarimizning Iordaniyaga boradigan tarkibi bilan tanishing
Mart oyining dastlabki yarmi o‘zbek boksi muxlislari uchun yana bir g‘alabali onlarni taqdim etishi kutilmoqda. Boisi 3-10 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya qit’alari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz vakillari 16 fevral kuni Iordaniyaga jo‘nab ketishadi. Jamoamiz Amman shahrida musobaqa boshlanguncha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishi belgilab qo‘yilgan. Quyida Iordaniyaga jo‘nab ketadigan bokschilarimiz tarkibi bilan tanishing:

Shahobiddin Zoirov
Abrorjon Qodirov
Fozil Abdumurodov
Mirazizbek Mirzahalilov
Oybek Jo‘rayev
Shunqor Abdurasulov
Elnur Abduraimov
Aliyor Noraliyev
Boburmirzo Tolibov
Bobousmon Baturov
Bilolbek Mirzarahimov
Fanat Qahramonov
Bektemir Meliqo‘ziyev
Navo Tamozov
Saidjamshid Jaffarov
Dilshod Ro‘zmetov
Kozim Mardonov
Shohruh Rustamov
Sanjar Tursunov
Madiyar Saidrahimov
Jamshid Abdullayev
Bahodir Jalolov
Lazizbek Mullajonov
Jamshid Xudoyberganov

Mazkur yig‘in yakuniga ko‘ra terma jamoamiz murabbiylar shtabi litsenzion musobaqada ishtirok etuvchi jamoamiz tarkibini aniqlab oladi.

Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimizning Iordaniyaga boradigan tarkibi bilan tanishing