18:01 / 17.02.2020
2 603

OCHL. "Paxtakor" "Shahr Xodro"ni yirik hisobda taslim etdi

OCHL. "Paxtakor" "Shahr Xodro"ni yirik hisobda taslim etdi
OCHL-2020 "B" guruh 2-tur doirasidagi "Paxtakor" va "Shahr Xodro" o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Birinchi taymda "sherlar" juda qiynalishdi va e’tiborni tortadigan xavfli vaziyat yarata olishmadi. Tanaffusdan so‘ng Shota Arveladzedan ko‘rsatmalar olib tushgan toshkentliklar Igor Sergeyevning dubli va Sherzod A’zamovning goli evaziga OCHL debyutantini mag‘lubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" OCHL 2-turidan keyin 6 ochko jamg‘arib, yo‘qotishsiz yurishini davom ettirmoqda.
OCHL, "B" guruhi
"Paxtakor" - "Shahr Xodro" 3:0
Gollar:
Sergeyev (56, 59), Sherzod A’zamov (87).
"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A’zamov, 15.Yegor Krimes (S), 34.Farrux Sayfiyev, 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeyev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Asad Sobirjonov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 92.Umar Eshmurodov, 29.Vladimir Kozak, 77.Eren Derdiyok.
"Shahr Xodro": Mahdi Rahmati, Ali Ne’mati, Muhammad Moradmand, Farshad Faraji, Hassan Ja’fari, Akbar Sodig‘i, Milad Sarlak, Said Sodig‘i, Muhammadg‘ozi Najafabadi, Muhammadrizo Xalatbari, Ruhuloh Sayfullohi.
Zaxira: Muhammadjavad Kia, Muhammad Aqajanpur, Amin Qosiminajod, Miroslav Slavov, Hussayn Mehribon, Muhammad Faramarzi, Ali Nabizoda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Paxtakor" "Shahr Xodro"ni yirik hisobda taslim etdi