21:06 / 18.02.2020
2 703

«Tottenhem»da yo‘qotish: Son Xyon Min safdan chiqdi

«Tottenhem»da yo‘qotish: Son Xyon Min safdan chiqdi
Foto: «Getty Images»
Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Xyon Min o‘ng qo‘lidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqiziladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, koreys futbolchisi APL 26-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat orttirib olgan.

Ta’kidlanishicha, forvard bir necha haftagacha jamoasiga yordam berolmaydi. Vaziyat shunisi bilan ham achinarliki, londonliklarning asosiy hujumchisi Xarri Keyn ham jarohat olgan. Keyn apreldan keyingina safga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu mavsum Son uchun juda muvaffaqiyatli o‘tayotgandi: barcha turnirlardagi 32 ta o‘yinda 16 ta gol urib, sakkizta golga assistentlik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali pley-off bosqichi doirasida, 20 fevral tunida «Tottenhem» «Leypsig»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tottenhem»da yo‘qotish: Son Xyon Min safdan chiqdi