12:10 / 19.02.2020
3 159

Tokio olimpiadasi-2020: o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi?..

Tokio olimpiadasi-2020: o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi?..
Foto: «Tokyo2020.org»
Tokiodagi Olimpiada-2020 ochilishiga besh oy muddat qoldi. Ammo Yaponiyada Yozgi Olimpiya o‘yinlari umuman o‘tkazilmasligi ham mumkin, deb yozmoqda «Argumenti.ru»ga tayanib "Xabar" nashri.

Ko‘ryapmiz, eshityapmiz — Xitoydan tarqagan yangi turdagi koronavirus xavfi tufayli global miqyosdagi ayrim tadbirlar, xususan, xalqaro sport musobaqalari ham bekor qilinmoqda.

Ko‘plab mutaxassislarning nazarida, hozirgi sharoitda istalgan ommaviy tadbirni o‘tkazish jinoyatga teng. Yaponiyaning yosh qo‘shnisi (dengiz orqali) Xitoyda bir sutkada (18 fevral) koronavirusga chalingan 1886 nafar yangi bemor aniqlandi, bir sutkada 136 kishi shu kasallikdan vafot etdi.

Hozircha, epidemiyani to‘xtatishning yo‘li topilgan emas. XXRdagi bosh davlat nashrlaridan sanalgan «Jenmin jibao» gazetasining yozishicha, Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 72 ming nafardan oshib ketgan. Kasallikdan o‘lganlar soni esa 2004 nafarga yetdi. 11 741 nafar bemorning ahvoli og‘ir deyilmoqda.

Eng xavotirli ma’lumot shuki, Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 560 ming nafardan ortiq inson aniqlanibdi! Bu ulkan raqamlar Kunchiqar yurtda Olimpiada boshlanishi arafasida yanada ulkanlashmasligiga hech kim kafolat berolmaydi.

«Argumenti.ru» yozishicha, shuning uchun ham ko‘plab ekspertlar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ertami-kechmi baribir Tokiodagi Olimpiadani rasman bekor qilishga majbur bo‘ladi, degan fikrni ilgari surishmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio olimpiadasi-2020: o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi?..