“Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis YECHLning 1/8 bosqichi doirasida 26 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan “Real” va “Man Siti” uchrashuvidan nima kutayotganini aytdi.
“Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. O‘ylashimcha, Chempionlar ligasidagi katta tanaffusdan oldin, “Siti” bor kuchini joriy musobaqaga ajratadi: ularning barcha fikrlari, hamma taktik ko‘rinishlari, eng yaxshi futbolchilari. Angliya chempionati “Liverpul”ga boy berilgani bois, ushbu mavsum endi ular uchun Chempionlar Ligasi birinchi raqamli turnirga aylanadi.
Nazarimda, “Manchester Siti” va “Real”ning imkoniyatlari tengdek. Hatto kichik ustunlik, menimcha, hozir “Siti” tomonida. “Real”da biroz pasayish bor. “Siti”da esa tanaffus kamroq bo‘ldi va ular yaxshi formada. Biroq, “Real” bu “Real”. Bu Chempionlar Ligasining eng kuchli jamoalaridan biri. Ko‘ramiz", deydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi