06:30 / 21.02.2020
3 132

Ummon chempionatida 3ta o‘yinda 3ta gol urgan o‘zbekistonlik hujumchi bilan suhbat

Ummon chempionatida 3ta o‘yinda 3ta gol urgan o‘zbekistonlik hujumchi bilan suhbat
Xabaringiz bor, O‘zbekistonlik hujumchi Pavel Purishkin Ummon chempionati ishtirokchisi "Oman FK" jamoasi safida harakat qilmoqda.
Saytimiz muxbiri legioner futbolchi bilan bog‘lanib, intervyu tashkil etdi. Quyida mazkur intervyuning to‘liq matni bilan tanishing.

- Salom Pavel! Yangi jamoaga moslashib oldingizmi?
- Salom, ha sekin moslashib borpyapman. Chempionat va muhit o‘zgarganidan keyin baribir bir oz vaqt kerak bo‘ladi.

- Ummon chempionati sizda qanday taasurot qoldirmoqda?
- Ummon chempionatida futbolchi 90 daqiqa tinimsiz yugurishingiz kerak ekan. Bu yerda qaysi chiziq vakili bo‘lishingizga qaramasdan, himoyaga ham, hujumga ham yordam berishingiz talab etiladi va bunga jismonan tayyor bo‘lishingiz kerak.

- Nima deb o‘ylaysiz, "Oman FK" chempionatda o‘z o‘rnini saqlab qolish vazifasini uddalaydimi?
- Ha albatta, hozirgi kunda jamoamiz oldida vazifa ligadagi o‘rnimizni saqlab qolish hisoblanadi. Bunga butun jamoamiz vakillari bilan birgalikda harakat qilamiz.

- Ummon chempionatida ishtirok etayotganingizga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Aytingchi, bugungacha nechta o‘yinda maydonga tushdingiz? Ko‘rsatayotgan natijalaringiz qanday?
- Hozirgacha 3 ta o‘yin o‘tkazdim va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdim.

- Ummon chempionatida jamoadoshlaringizni tushunish, ular bilan muloqot qilish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmadimi?
- Yo‘q, til borasida hech qanday muammo bo‘lmadi. Men ingliz tilini bilaman, shu sababli jamoadoshlarim bilan muloqot bo‘yicha to‘siqlar bo‘lmadi.

- Ummon chempionatida qancha muddat ishtirok etishni maqsad qilgansiz?
- "Oman FK" jamoasi bilan 2020 yil aprel oyigacha shartnomam bor. Futbol o‘ynashni chin dildan istayman, hozirda Ummon chempionatida o‘zimni yaxshi his qilayapman. Agar ular menga yangi shartnoma taklif qilishsa, albatta qabul qilaman.

- O‘zbekistonlik futbol muxlislariga tilaklaringiz...
- O‘zbek futboli to‘g‘ri yo‘lda, o‘ylaymanki Ravshan Ermatov futbolimizni yanada yuksaklarga olib chiqadi. Ummon davlatidan turib barcha o‘zbekistonliklarga salom yo‘llayman, men barchangizni yaxshi ko‘raman!

Bekzod Tolibov yozib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ummon chempionatida 3ta o‘yinda 3ta gol urgan o‘zbekistonlik hujumchi bilan suhbat