19:00 / 22.02.2020
2 952

«Spartak» «Paxtakor» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)

«Spartak» «Paxtakor» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)
Foto: FC Spartak Moscow
Moskvada «Paxtakor» va «Spartak» jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini yakunlandi. Unda Rossiya klubi yirik 4:0 hisobida yengildi.

O‘yinning 21-daqiqasida hisob ochildi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Aleksandr Sobolev bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Bu vaziyatda sanjar Quvvatov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. 27-daqiqada «Spartak» xuddi shunday yana bitta gol urdi. Bu gal burchakdan uzatilgan to‘pni Ponse darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘lim o‘rtasida ketma-ket ikkita gol urgan «Spartak» qolgan ikki golni o‘yin oxirida urdi. 84-daqiqada Jordan Larsson, 87-daqiqada Gus Til gol urib hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi.

O‘rtoqlik o‘yini
«SPARTAK» — «PAXTAKOR» 4:0
Gollar:
Sobelev (21), Ponse (27), Larsson (84), Til (87).
«Spartak»: Maksimenko, Jikiya, Jigo, Kutepov, Rasskazov, Ayrton (Melgarexo, 82), Bakayev, Ponse (Mirzov, 82), Kral, Zobnin (Guliyev, 82), Sobolev (Larsson, 58).
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Salimov, 67), Sherzod A’zamov, Anzur Ismoilov, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Doston Hamdamov (Sobirjonov, 63), Dragan Cheran (Mahmudhojiyev, 78), Jaloliddin Masharipov, Eren Derdiyo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Spartak» «Paxtakor» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)