23:05 / 22.02.2020
2 876

Messining pokeri “Barsa”ga yirik g‘alaba keltirdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarildi

Messining pokeri “Barsa”ga yirik g‘alaba keltirdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Eybar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kataloniyaliklar sardori Lionel Messi pokerga erishib, 4 o‘yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi. Yani bir to‘p Artur hisobiga yozilgan.

Yaqindagina jamoaga kelib qo‘shilgan Martin Breytueyt esa 72-daqiqada Antuan Grizmanning o‘rniga maydonga tushib, “ko‘k-anorranglilar” safida debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 55 taga yetdi va jamoa 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Real" hisobida esa 53 ochko mavjud. Qayd etish joiz, madridliklar soat 01:00 da "Levante"ga qarshi maydonda saf tortishadi.

Barselona – Eybar 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 14 Messi, 2:0 – 37 Messi, 3:0 – 40 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 89 Artur.
Barselona – ter Shtegen, Pike (Umtiti, 68), Firpo, Semedu, Langle, Artur, Rakitich, Buskets (de Yong, 59), Vidal, Messi, Grizmann (Breytueyt, 72).
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Texero, Burgos, Xose Anxel, Eskalante, Diop, Inui (De Blasis, 66), Orelyana, Eksposito (Kristoforo, 83), Enrik (Kike Gonsales, 66).
Ogohlantirishlar: Eskalante (64), Diop (85).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining pokeri “Barsa”ga yirik g‘alaba keltirdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarildi