15:36 / 23.02.2020
3 009

Bugun 18:00. O‘zbekiston - Belarus uchrashuvi

Bugun 18:00. O‘zbekiston - Belarus uchrashuvi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Sharjada Belarus bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Ushbu jamoalar bugunga qadar ikki marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishgan. Ikkala o‘yin ham 2003 yilda bo‘lib o‘tgan. Minskda kechgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. Bizdan Aleksandr Xvostunov va Aleksandr Geynrix gol urishgan.

Toshkentdagi bahsda esa vakillarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. O‘zbekiston terma jamoasi safida yagona golga Vladimir Shishelov mualliflik qilgan.
Demak, ushbu yurt terma jamoalari deyarli 17 yildan so‘ng birinchi marta to‘qnash kelishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi bugungi uchrashuvda ko‘k rangli libosida maydonga tushadi. Darvozabonimiz formasi qora rangda bo‘ladi. Belarus terma jamoasi qizil formada harakat qiladi. Darvozabon libosi rangi yashil bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining mazkur o‘yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar:
Eldorbek Suyunov, Abdumavlon Abdujalilov.
Himoyachilar: Yegor Krimes, Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Husniddin Aliqulov, Murod Xolmuhammedov, Oleg Zoteyev, Akbarjon Ismatullayev.
Yarim himoyachilar: Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Jaloliddinov, Oybek Bozorov, Azizbek Turg‘unboyev, Abrorbek Ismoilov.
Hujumchilar: Igor Sergeyev, Bobir Abdixoliqov, Humoyun Murtazoyev, Shoxruz Norxonov.

Belarus terma jamoasining mazkur o‘yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar:
Aleksandr Gutor («Shaxtyor», Soligorsk), Pavel Pavlyuchenko («Dinamo-Brest»), Maksim Plotnikov («Dinamo-Minsk»).
Himoyachilar: Sergey Politevich, Sergey Matveychik, Igor Burko (barchasi - «Shaxtyor», Soligorsk), Aleksandr Pavlovets, Kirill Pechenin (ikkalasi - «Dinamo-Brest»), Zaxar Volkov (BATE, Borisov), Maksim Shvetsov («Dinamo-Minsk»).
Yarim himoyachilar: Stanislav Dragun, Igor Stasevich, Pavel Nexaychik, Yevgeniy Yablonskiy (barchasi - BATE, Borisov), Mixail Gordeychuk, Yevgeniy Shevchenko, Roman Yuzepchuk (barchasi - «Dinamo-Brest»), Nikita Korzun («Vilafrankeneshe», Portugaliya), Yuriy Kendish, Dmitriy Podstrelov (ikkalasi - «Shaxtyor», Soligorsk), Ivan Baxar, *Vladislav Klimovich (ikkalsi - «Dinamo-Minsk»).
Hujumchilar: Denis Laptev, Vsevolod Sadovskiy (ikkalasi - «Dinamo-Brest»), Maksim Skavish (BATE, Borisov), Vitaliy Lisakovich («Shaxter», Soligorsk).

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Belarus
23 fevral 2020. Sharja. "Al Hamriya" stadioni. 18:00 (Toshkent vaqti)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 18:00. O‘zbekiston - Belarus uchrashuvi