23:37 / 23.02.2020
2 705

APL. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi (video)

APL. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi (video)
"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Uotford"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Bruno Fernandesh, Antoni Marsyal va Meyson Grinvudlar mualliflik qildi. Shu tariqa, "qizil iblislar" hisobidagi ochkolar soni 41 taga yetdi va 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 24 ochkosi bor "asalarilar" esa 19-pog‘onadan joy olishgan.

Manchester Yunayted – Uotford 3:0
Gollar:
1:0 – 42, penalti Brunu Fernandesh, 2:0 – 58 Marsyal, 3:0 – 75 Grinvud.
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelef, Shou, Matich, Fred (Maktomini, 79), Brunu Fernandesh, Jeyms, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Chong, 80).
Uotford – Foster, Ketkart, Douson, Mazina, Kabasele, Xyuz, Kapu, Pereyra (Sarr, 69), Dukure (Kleverli, 80), Dini (Uelbek, 76), Deulofeu.
Ogohlantirish: Ketkart (67).

Ushbu o‘yin uchun tayyorlangan videolavhani quyida tomosha qiling.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi (video)