21:12 / 25.02.2020
2 713

Kit Xanter Shohjahon Ergashevdan qochib, Sanjar Rahmonovga tutildi

Kit Xanter Shohjahon Ergashevdan qochib, Sanjar Rahmonovga tutildi
AQSHlik mashhur Floyd Meyvezerning promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan yurtdoshimiz Sanjarbek Rahmonov (12-2-1, 6 KO) 28 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Sanjarning bu safargi raqibi, uning eski tanishi Kit Xanter (11-0, 7 KO) bo‘ladi. Ma’lumki, ular o‘tgan yili o‘zaro jang qilishib, unda hakamlar g‘alabani Xanterga tortiq qilishgan. Bu natija biroz adolatsiz ko‘rinish olgan edi. Sababi, hamyurtimiz undan ko‘ra, yaxshiroq harakat qilgandi. Endi, Sanjarda birinchi to‘qnashuvdagi hakamlarning xatosini isbotlash uchun ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz: Kit Xanter yanvarda Shohjahon Ergashevga qarshi super yengil vazn toifasida ringga chiqishi kerak edi. Biroq, noma’lum sabablarga ko‘ra ular o‘rtasidagi jang bekor bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kit Xanter Shohjahon Ergashevdan qochib, Sanjar Rahmonovga tutildi