Bugun YECHL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bellashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev ushbu o‘yinga oid internetda o‘zini ta’sirlantirgan quyidagi rasm borasida telegramdagi sahifasida fikrlarini yozib qoldirdi.
- Leo Messi birinchi bor Neapolga borib, San Paulo stadionida o‘yinga tushadi. "Napoli"da Argentina futbolining boshqa afsonasi Diyego Maradona o‘zining eng yulduzli davrlarini o‘tkazgan.
Maradonani neapolliklar o‘z hamshaharlari Jordano Bruno, Enriko Karuzodan ham ko‘proq ardoqlashardi. Qani endi ko‘ramiz "Napoli" muxlislari Messini qandoq qarshi olishadi. Ular uchun sevimli Diyegoning izdoshi va hamyurti sifatidami yoki futbol tarixidagi eng zo‘r argentinalik degan nom uchun kurashda Maradonaning raqobatchisi sifatidami?
Bu anons emas... Shunchaki rasmga mazza qildim, - dedi Davron Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi