22:45 / 26.02.2020
2 720

Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman”

Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman”
PSJ forvardi Kilian Mbappe yoshligida bo‘lgan voqealarni esga oldi.
Dam olish kunlari meni “Real”da mashg‘ulot o‘tkazishga taklif qilishgani misoli Oyga parvozdek edi, u yerga borishni juda ham xohlardim. O‘yinlarimizni ko‘rish uchun har xil skautlar kelib turishardi, men haqimda OAVda ham oz-moz yozishgan, ammo 13 yoshligimda ular oldida o‘zimni qanday tutishim kerakligini bilmas edim.

Zidan bilan uchrashuvimizni esa hech qachon yodimdan chiqarmayman. Aeroportga yetib kelganimizdan keyin, avtoturargohda bizni Zidan kutib oldi va bazaga olib borishni taklif etdi. Avtomobilga chiqqach, undan “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman. Nega bunday deganimni bilmayman, lekin bu Zidanning mashinasi edi, men esa orzuim ushaldi deb o‘yladim
”, – deydi Kilian Mbappe.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: “Zidanning avtomobiliga chiqqach, undan: “oyoq kiyimimni yechishim kerakmi?”, deb so‘raganman”