21:15 / 27.02.2020
3 602

Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi

Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi
Faoliyati davomida 5 ta oliy unvonga ega bo‘lgan rossiyalik tennischi Mariya Sharapova nafaqaga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ommaga ma’lum qildi.

Vanity Fair jurnali uchun yozgan maqolasi bilan sportchi tennisni tark etayotganini e’lon qilgan: "O‘zingiz istagan, bilgan hayotingizni qanday qilib orqaga surib qo‘yishingiz mumkin? Men 28 yil davomida olib borgan tennis o‘yini, maydonlarini, son-sanoqsiz ko‘z yoshlar, ta’riflab bo‘lmaydigan hayajonlar va bu sportga kichkinaligimdanoq qadam qo‘yganim hali hamon yodimda. Tennis sen bilan xayrlashaman" - deydi Mariya Sharapova.

Sobiq yakka tartibdagi birinchi raqamli Sharapova 2004 yilda Uimbldon, 2006 yilda US Open, 2008 yilda Australian Open, 2012 va 2014-yillarda France Open musobaqalarida chempion bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi