09:55 / 28.02.2020
2 385

Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi

Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi
Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar koronavirus sabab tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
A Seriya qaroriga ko‘ra, 26-turning beshta o‘yini bo‘sh stadionlarda o‘tkaziladi. Ular qatoridan turning markaziy bahsi «Yuventus» — «Inter» uchrashuvi ham o‘rin olgan.

Quyidagi uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tadi:

«Udineze» — «Fiorentina» (29 fevral)
«Yuventus» — «Inter» (1 mart)
«Milan» — «Jenoa» (1 mart)
«Sassuolo» — «Breshia» (1 mart)
«Parma» — SPAL (1 mart)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Inter» Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahsi doirasidagi «Ludogores»ga qarshi o‘yinni bo‘sh arenada o‘tkazgandi.
Italiya shimolida 580 dan ortiq kishi koronavirusga chalingan, shuningdek, 17 nafar odam vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi