15:17 / 28.02.2020
2 722

«Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yini qoldirildi

«Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yini qoldirildi
Toshkentliklar 3 mart kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarshi o‘ynashi lozim edi. Biroq, bu mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar tufayli bahs o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Hozircha bu o‘yinning qachon o‘tkazilishi belgilanmadi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida 2 mart kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahalliy «Al-Ahliy» va «Ash-Shurta» (Iroq) bahsi ham qoldirildi.
«Paxtakor» klubi Chempionlar Ligasidagi 4-turni 6 aprel kuni o‘z maydonida o‘tkazishi lozim. Jamoaga aynan «Al-Hilol» raqib bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yini qoldirildi