22:12 / 28.02.2020
2 864

"Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

"Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?
Muhsin Muhammadiyev boshchiligidagi "Buxoro" safarda "Qo‘qon-1912" ga yirik hisobda (0:3) mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng jamoaning kanadalik legioneri Milovan Kapor fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qanday hisob qayd etilganidan qat’iy nazar biz mag‘lub bo‘ldik. Afsuski, bugun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. G‘alaba qozonish uchun kelgan edik. Raqibda havfli vaziyatlar nisbatan ko‘proq bo‘ldi. Ammo, biz ham yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda natija boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bu mavsumning ilk o‘yini. Hayajon va vahimaga berilmasdan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz", deydi Kapor.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?