Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

  • 29 yanvar 2015, 11:55
  • 5 174
  • Sport
  • Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

    O‘zaro kelishuvga ko‘ra, uchrashuv Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi shuningdek, 31 mart kuni safarda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

    Ta’kidlash joiz, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston terma jamoasiga shu yilning iyun oyida start oladigan JCh-2018 2-saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

    Manba: stadion.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi