Krishtianu Ronaldu: «Ishonchim komil, biz chempion bo‘lamiz»

  • 09 fevral 2015, 17:14
  • 4 383
  • Sport
  • Krishtianu Ronaldu: «Ishonchim komil, biz chempion bo‘lamiz»

    «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu La liganing 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yin (0:4) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    «Real»ning 0:4 hisobida yutqazishga haqqi yo‘q. Bu o‘yinda hech narsani qoyillata olmadik. Biz ruhiy va jismoniy jihatdan yaxshi formada emasdik. Bahona qilmoqchi emasman, biz xatoga yo‘l qo‘ydik.

    Biz barcha jihatlar bo‘yicha yomon o‘ynadik. Zudlik bilan bu kunni unutishimiz lozim. Ushbu mag‘lubiyatdan saboq chiqarishimiz kerak. Musobaqa jadvalida peshqadam sifatida qolamiz, ammo oxirigacha kurashishimiz kerak. Agar "Barselona" o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa, farq 1 ochkogacha qisqaradi.

    «Real» «Atletiko»dan ancha kuchli. Ishonchim komil, biz yana chempionlikni qo‘lga kiritamiz. Uch yil avval "Barselona"ga 0:5 hisobida yutqazgandik, ammo biz 3 ochko yo‘qotdik, 4 ochko emas. Bugun ham shunday bo‘ldi», – deydi Ronaldu.

    Manba: www.stadion.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Krishtianu Ronaldu: «Ishonchim komil, biz chempion bo‘lamiz»