11:01 / 13.02.2015
6 536

Zinedin Zidan: "Faoliyatimni yakunlaganimda murabbiy bo‘lishni istamagandim"

Зинедин Зидан: "Фаолиятимни якунлаганимда мураббий бўлишни истамагандим"
Fransiyalik afsonaviy futbolchi Zinedin Zidan 2006 yilda faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘lishni istamaganligini ma’lum qildi.

Hozirda Zidan "Real"ning o‘rinbosarlar jamoasi - "Kastilya"ni boshqarmoqda.

"Ba’zi o‘yinchilar faoliyatini yakunlagach murabbiy bo‘lish haqida o‘ylaydilar. Menda bunaqasi bo‘lmagan edi. Avvaliga nima ish qilishni bilmaganman. Menda har xil tajriba bor. Maslan, "Real"ning sport direktor vazifasi. Ammo keyinroq murabbiy bo‘lishni istayotganimni angladim", - deydi Zidan.

Manba: www.stadion.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan: "Faoliyatimni yakunlaganimda murabbiy bo‘lishni istamagandim"