14:21 / 16.02.2015
5 550

Sergey Lushchan: «Muxlislar to‘la stadionni sog‘inganmiz»

Sergey Lushchan: «Muxlislar to‘la stadionni sog‘inganmiz»

Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Al-Jazira” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanining ikinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan va himoyachi Akmal Shorahmedov ishtirok etishdi.

— Ushbu o‘yin yomon tayyorgarlik ko‘rmadik. Fikrimcha, jamoa ertangi o‘yinga tayyor. Ertangi o‘yin muxlislar uchun ham qiziq o‘tishiga shubha yo‘q", - deydi Lushchan.

Akmal, himoyachi sifatida raqibning qaysi futbolchilarini diqqat bilan o‘rganib chiqdingiz?
— Himoyachi bo‘lganim uchun hujumchilarni o‘rgandim. "Al-Jazira"ning 7 va 10-raqamli hujumchilari xavfliroq. Ulardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Eshitishimcha, o‘zbek klublaridan hali hech kim “pley-off” bosqichidan o‘ta olmagan ekan. Ushbu noxush an’anani to‘xtatib, muxlislarga quvonch ulashmoqchimiz. Hozirgi muammoimiz raqibning kuchliligida emas, balki bu yilgi ilk rasmiy uchrashuvimiz ekanligidir. Bu jihat albatta qandaydir vaqt davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘rganmiz. Lekin asosiy vaqtda yutishni istaymiz. Biz “tartib mahoratdan ustun” naqliga amal qilamiz. “Bunyodkor” judayam tartibli jamoa.

Raqib — kuchli. O‘yinchilarimiz nomdor futbolchilar qarshisida sarosimaga tushib qolmasliklari uchun ish olib borildimi?
Lushchan: — Ertaga biz masumdagi ilk rasmiy o‘yinimizni o‘tkazamiz. Raqibni o‘rgangan holda yigitlar bilan ishlayapmiz. Ularga o‘yinning muhimligini tushuntiryapmiz. Jamoamizda professional futbolchilar yig‘ilgan. Ular sarosimaga tushib qolishmaydi. Ular muxlislar to‘la stadionni sog‘inishgan. Stadion muxlislar bilan to‘ladi, deb umid qilamiz.

Akmal, raqib safida jarangli nomlar bor. Bu holat sizlarga ta’sir qilmaydimi?
— Bitta o‘yin uchun o‘zimizda kuch topib harakat qilamiz. Yigitlar jangovar kayfiyatda. G‘alaba uchun jonimizni berib o‘ynaymiz. Balki biz individual jihatdan raqibning ayrim futbolchilaridan kuchli emasdirmiz, ammo bizda g‘alabaga bo‘lgan xohish kuchli. Muxlislar qarshisida o‘ynayotganimiz ham bizga ustunlik beradi.

Manba: www.stadion.uz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: «Muxlislar to‘la stadionni sog‘inganmiz»