“O‘zbekiston” – “Ukraina” 10:0

  • 01 dekabr 2014, 23:22
  • 6 343
  • Sport
  • Foto: Kun.uz

    Kecha Meksikada nogiron-futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati boshlandi. Amaldagi jahon chempioni hisoblangan O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan joy olishgan.
    Vakillarimiz kecha guruhdagi dastlabki o‘yinni o‘tkazishdi va yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Ukrainaga qarshi o‘tgan o‘yinda Mavzur Umarxo‘jaev shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz 10 ta to‘p yo‘llashdi. Terma jamoamiz bugun Irlandiya bilan bahs olib borishadi.
    Guruhdagi yana bir raqibimiz Braziliya terma jamoasi 1-turda Irlandiya ustidan 2: 0 hisobida zafar quchdi.

    Manba: Kun.uz

    » » “O‘zbekiston” – “Ukraina” 10:0