09:48 / 17.02.2015
5 483

Devid Bekxem 20 yoshligida haftasiga 400 funt maosh olgan

"Preston" jamoasi 1995 yilda, 20 yoshli Devid Bekxemni "Manchester Yunayted"dan bir oy muddatga (28 fevraldan 27 martgacha) ijaraga olgandi.

O‘sha paytda tuzilgan klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, Bekxem haftasiga atigi 400 funt maosh olgan. Shuningdek, futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushgan har bir o‘yini uchun 50 funt bonus olgan.

"Preston" sport direktori Pol Bredli haligacha o‘sha shartnomani klub ofisida saqlaydi.

"Men Bekxem" bilan tuzilgan shartnomani haligacha saqlab qolganman va uni ofis devoriga ilib qo‘yganman. Klubning avvalgi xo‘jayini shartnomani tashlab yuborishimni aytgandi, lekin men bunday qilmaganman", - deydi Bredli "The Telegraph"ga bergan intervyusida.

Keyinchalik "MYu," Real", "Milan", "PSJ" jamoalarida o‘ynagan yarim himoyachi "Preston" safida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Devid Bekxem 20 yoshligida haftasiga 400 funt maosh olgan

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid Bekxem 20 yoshligida haftasiga 400 funt maosh olgan