«Real» futbolchilarining chempionatdagi natijalari

  • 17 fevral 2015, 10:26
  • 4 169
  • Sport
  • «Real» futbolchilarining chempionatdagi natijalari

    Madridning «Real» jamoasi futbolchilari ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida qanday ko‘rsatkichlarni qayd etishmoqda? Ushbu savolga javob topishni istasangiz quyidagi maqolani o‘qishni tavsiya qilamiz.

    Darvozabonlar
    1. Iker Kasilyas (21 o‘yin (–21 gol))
    2. Keylor Navas (2 o‘yin (-1 gol))
    Umumiy natija: 23 o‘yin – (-22 gol)
    «Real» darvozasini hozircha ikki posbon qo‘riqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada Kasilyas baribir birinchi raqamli posbon hisoblanadi. U 21 ta o‘yinda «galaktikos» darvozasini qo‘riqlagan va shuncha to‘p o‘tkazib yuborgan. Jamoaning ikkinchi kiperi Kosta-rikalik Navas esa 2 o‘yinda o‘z darvozasidan 1 ta to‘p olib chiqdi.

    Himoyachilar
    1. Marselo (20-0+6)
    2. Ramos (18-3)
    3. Karvaxal (18-0+2)
    4. Varan (15-0)
    5. Pepe (14-1+2)
    6. Arbeloa (13-0+3)
    7. Nacho (9-1)
    Umumiy natija: 107 – 5 + 13
    Anchelotti ushbu mavsumda hozircha 7 ta himoyachining xizmatlaridan foydalangan. Ular orasida eng ko‘p maydonga tushgani Marselo hisoblanadi. Shuningdek braziliyalik futbolchi himoyachilar orasidagi eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan. Uning hisobida 6 ta asisstentlik mavjud. Orqa chiziq vakillaridan uchtasigagina gol urish baxti nasib qilgan. Bular orasida tabiiyki Ramos peshqadam. U raqib posbonlarini 3 marta ranjitgan.

    Yarim himoyachilar
    1. Xames (23-8+7)
    2. Kroos (23-1+7)
    3. Isko (21-3+7)
    4. Beyl (20-10+5)
    5. Ilyaramendi (17-0)
    6. Xedira (11-0)
    7. Modrich (10-1+2)
    8. Medran (2-0)
    9. Lukas Silva (1-0)
    Umumiy natija: 128 – 23 + 28
    «Real»da ikkita tarkibga etadigan kuchli yarim himoyachilar mavjud. Hozircha klub 9 nafar o‘rta chiziq futbolchilaridan foydalangan. Ular orasida jamoaning ikki yangi futbolchisi Xames va Kroos barcha 23 ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Gol urish borasida Beyl peshqadam. U 10 ta gol urgan. Xamesning natijasi ham chakki emas – 8 ta gol. Golli uzatmani amalga oshirishda esa bir yo‘la uch nafar futbolchi qo‘shhokimlik qilishmoqda. Xames, Kroos va Isko 7 tadan golga asisstentlik vazifasini bajarib berishgan. Bu borada Beylning natijasi pasayganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

    Hujumchilar
    1. Benzema (21-12+8)
    2. Ronaldu (20-28+10)
    3. Chicharito (10-3+1)
    4. Xese (6-1)
    Umumiy: 57 – 44 + 19
    Anchelotti hozircha 4 ta hujumchini maydonga tushirishga ulgurgan. Eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida Benzema etakchi. U 21 yta uchrashuvda ishtirok etgan. Gol urish bobida esa Ronaldu etakchi. Uning hisobida 28 ta gol bor va portugaliyalik hujumchi hozircha La Ligada to‘purarlik qilmoqda. Karim 12 ta gol urgan bo‘lsa, zaxirada «chirib ketayotgan» Chicharito – 3 ta va jarohatdan forig‘ bo‘lib sekin-asta sport formasini tiklab borayotgan Xese – 1 tadan golga mualliflik qilishgan.

    Qiziqarli faktlar
    1. Ushbu mavsumda «Real» hozircha 22 futbolchi xizmatidan foydalangan.
    2. 22 futbolchining 12 tasi o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan.
    3. 13 nafar futbolchi hisobida esa golli uzatmalar mavjud.
    4. Ham gol urib, ham golli uzatma amalga oshirgan futbolchilar soni 9 ta
    5. «Real»ning 72 golidan 6 % i himoyachilar, 32 %i yarim himoyachilar, 62 % i esa hujumchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.
    6. Jamoaning 60 ta golli pasining 22%i himoyachilar, 47 %i yarim himoyachilar va 31 %i hujumchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.
    7. Barcha o‘yinlarda maydonga tushga futbolchilar soni – 2 ta: Xames va Kroos
    8. Eng kam o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Lukas Silva – 1 ta

    Furqat Yusupov tayorladi.

    Manba: www.Furkat.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Real» futbolchilarining chempionatdagi natijalari