09:21 / 19.02.2015
6 302

FIFA prezidenti italiyalik murabbiyning qora tanli futbolchilar haqidagi gapidan hayratga tushdi

FIFA prezidenti italiyalik murabbiyning qora tanli futbolchilar haqidagi gapidan hayratga tushdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter Milanning sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakkining Italiya klublarida qora tanli o‘yinchilar ko‘pligi haqida aytgan so‘zlarini izohladi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Blatter italiyalik mutaxassisning fikridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi.

«G‘urur va obro‘ tana rangiga bog‘liq emas. Men Arrigo Sakkining gaplaridan hayratga tushdim», — deb yozdi FIFA prezidenti o‘z Twitter’ida.

Nashrning eslatishicha, avvalroq Arrigo Sakki OAVlar oldida italyan klublarida qora tanli o‘yinchilar ko‘payib ketishi natijasida Italiya o‘z g‘urur va obro‘sini yo‘qotayotganini ta’kidlagan edi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA prezidenti italiyalik murabbiyning qora tanli futbolchilar haqidagi gapidan hayratga tushdi