09:59 / 19.02.2015
5 279

Zak Lavaynning tomoshabop slem-danki YouTube’da mashhur bo‘lib ketdi

Zak Lavaynning tomoshabop slem-danki YouTube’da mashhur bo‘lib ketdi

“Minnesota Timberwolves” basketbol klubining yangi o‘yinchisi Zak Lavayn sport ixlosmandlarini hayratda qoldirdi. Uning ijrosida basketbol to‘pini chiroyli tarzda savatga tushirishi aks etgan videoni YouTube portali orqali uch kun ichida 7 milliondan ziyodroq foydalanuvchi ko‘rgan.

Lavayn o‘zining to‘pni savatga tashlashini slem-danklar tanlovida ijro etdi (slem-dankda basketbolchi tepaga sakrab, bir yoki ikki qo‘li bilan basketbol savatiga to‘pni iloji boricha chiroyli tarzda kiritishi kerak). Tanlov natijalariga ko‘ra, bu yosh sportchi g‘olib deb topildi. Zak Lavayn maksimal 200 ochkodan 194 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2000 yildan beri slem-danklar tanlovida yangi o‘yinchilar ko‘rsatgan eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi.

Ushbu slem-dank ayniqsa sekinlashtirilgan holatda juda chiroyli ko‘rinadi. Lavayn to‘pni tepaga otib, so‘ngra baland sakrab uni ilib oladi. Parvoz paytida o‘yinchi to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib, o‘ng qo‘li bilan uni to‘rga tashlagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zak Lavaynning tomoshabop slem-danki YouTube’da mashhur bo‘lib ketdi