00:23 / 25.02.2015
8 273

TELECOM TV savdo belgisi ostida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV CDN qurilmalari o‘rnatildi

TELECOM TV savdo belgisi ostida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida,  Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV CDN qurilmalari o‘rnatildi

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan Respublikamiz aholisiga TELECOM TV savdo belgisi ostida sifatli IPTV - interaktiv televidiniye xizmati taqdim etilmoqda. Mazkur xizmat foydalanuvchilarga 61ta SD (standard definition) formatidagi telekanallardan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi va bir qator qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.

IPTV platformasini kengaytirish, foydalanuvchilarga sifatli xizmatlar taqdim etish va qo‘shimcha xizmat turlari sonini oshirish maqsadida, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV servislar platformasida qo‘shimcha CDN (content distribution network) qurilmalari o‘rnatildi.

CDN qurilmasi foydalanuvchilarga kontentlarni yetkazib berishni optimallashtirish imkonini beradi, shuningdek, audio, video, dasturiy ta’minotlar va boshqa turdagi raqamli kontentni yuklab olish tezligini oshirishga xizmat qiladi. Chuni ham takidlash lozimki, yaqin vaqt ichida aholiga HD (high definition) formatidagi telekanallarni taqdim etish ham rejalashtirilgan.

IPTV xizmatidan foydalanish shartlari, telekanallar ro‘yxati, shuningdek, mazkur xizmat orqali taqdim etilayotgan qo‘shimcha xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni www.uzonline.uz saytidan olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TELECOM TV savdo belgisi ostida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida IPTV CDN qurilmalari o‘rnatildi