13:01 / 26.02.2015
6 560

LTE-smartfonlarning dunyo bozorida Apple etakchilik qildi

LTE-smartfonlarning dunyo bozorida Apple etakchilik qildi

Counterpart Technology Market Research kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, 2014 yil oxirida dunyoda 4G texnologiyasida ishlay oladigan 500 millionga yaqin smartfon foydalanishda bo‘lgan, deb yozadi «Mobinfo.uz».

O‘tgan yili ularning etkazib berilish hajmi 118 foizga oshdi va ilk bora bu ko‘rsatkich bo‘yicha 3G-qurilmalarni ortda qoldirdi.

Geografik nuqtai nazardan LTE texnologiyasiga ega telefonlarning eng yirik bozori Xitoy bo‘ldi (bozorning 60 foizi).

Ushbu bozorda Apple kompaniyasi 35 foizlik ulush bilan etakchilik qildi. Samsung’ning hissasi 19 foizni tashkil etdi. LTE-smartfonlarni etkazib berish bo‘yicha uchinchi o‘rinni Huawei egalladi (7%). Keyingi pog‘onalarni Xiaomi (5%) hamda Lenovo va LG (4 foizdan) band etdi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LTE-smartfonlarning dunyo bozorida Apple etakchilik qildi