12:28 / 27.02.2015
7 231

Forbes runetning eng qimmat kompaniyalarini aniqladi

Forbes runetning eng qimmat kompaniyalarini aniqladi

Forbes runetning eng qimmat kompaniyalari reytingini tuzdi. Nashr versiyasiga ko‘ra, «Yandeks» 5,2 milliard dollarlik qiymat bilan Rossiyadagi eng qimmat internet-kompaniya bo‘ldi.

Undan keyingi o‘rinlarni Mail.ru Group (3,3 milliard dollar) va «Yulmart» internet-reteyleri (1,4 milliard dollar) egalladi.

Reytingni «Sitilink» texnika internet-do‘koni (990 million dollar), Avito e’lonlar sayti (830 million dollar), Ozon internet-do‘koni (694 million dollar), Wildberries kiyim-kechak sotish bo‘yicha sayti (665 million dollar), Exist avtomobil zaxira qismlari savdosi bo‘yicha sayt (650 million dollar), «Xolodilnik.ru» onlayn-do‘koni (380 million dollar), «Yutinet» kompaniyalar guruhi (300 million dollar) davom ettirdi.

Manba: wwww.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Forbes runetning eng qimmat kompaniyalarini aniqladi