Cho‘ntak soati ko‘rinishidagi yog‘och smartfon shu yilning martida chiqariladi, deya xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta». AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Monohm startapi «kelajak gadjeti»ni kelasi hafta Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress konferensiyasida taqdim etmoqchi.
Runcible smartfoni ishlab chiquvchilari fikricha, ular «smartfondan keyingi davr» qurilmasini o‘ylab topgan. Devaysning asosiy o‘ziga xos jihati — uning shakli. Yumaloq va biroz egik yog‘och korpusi smartfonni cho‘ntak soatiga o‘xshatib qo‘yadi.
Gadjetning old panelida ekran, orqa panelida kamera joylashgan. Kompaniyadagilar yangi qurilmaning originalligi hisobidan foydalanuvchilar e’tiborini jalb etmoqchi.
Runcible mobil telefonning asosiy funksiyalarini bajaradi. Uning yordamida qo‘ng‘iroq qilish, xabar jo‘natish va qabul qilish, internetga kirish va suratga tushirish mumkin. Biroq yog‘och smartfonda turli-tuman dasturlar mavjud bo‘lmaydi.
Ishlab chiquvchilarning ishonch bilan ta’kidlashicha, «yangi qurilma odamlarga real hayotga qaytishga va jonli muloqotni qayta tiklashga yordam beradi», chunki foydalanuvchilar o‘z vaqtini ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va o‘yinlarga sarflamaydi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi