Moskvaning “Mosgortrans” Davlat unitar korxonasi joriy yil yarmiga qadar jamoat transportining bir necha yuzlab bekatlari Wi-Fi simsiz aloqa yordamida internetga ulanish qurilmalari bilan jihozlanishini ma’lum qildi.
Ayni paytda Wi-Fi tarmog‘i Moskva metrosining bir nechta stansiyalarida joriy qilingan. Bu aloqa turidan istalgan aloqa qurilmasi – smartfon, planshet yoki noutbuk yordamida foydalanish mumkin. Ta’sir qilish masofasi 25-30 metrni tashkil qiladi.
Joriy yilning 1 iyuliga qadar 450 ta bekatda bepul Wi-Fi aloqasi paydo bo‘ladi.
“Biz bu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qildik. Ushbu xizmatni hozircha 450 ta bekatda joriy qilishni rejalashtirmoqdamiz. Buni amalga oshiruvchi kompaniya aprel oyidan boshlab bekatlarni zarur qurilmalar bilan jihozlashni boshlaydi. Birinchi bosqichdayoq biz ushbu xizmatni sinovdan o‘tkazib, ularni aholiga taqdim qilishimiz mumkin bo‘ladi”, deb ma’lum qildi “Mosgortrans” rahbari Evgeniy Mixaylov.
Bundan tashqari, internetga simsiz aloqa yordamida ulanish xizmati Moskva shahrida harakatlanuvchi avtobuslar, trolleybus va tramvaylarda ham joriy qilinishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun tanlov o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlash joizki, internetga bepul ulanish xizmati Moskvadagi 40 ga yaqin avtobuslarda hozirda joriy qilingan. Kelajakda Wi-Fi-qurilmalari bilan “Mosgortrans»ning harakatdagi butun tarkibini jihozlash rejalashtirilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi