15:03 / 04.03.2015
6 059

Xiaomi kompaniyasi Yi Action Camera nomli sport kamerasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Yi Action Camera nomli sport kamerasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Yi Action Camera nomli sport kamerasini taqdim etdi. Kamerani Xiaoyi kompaniyasi ishlab chiqargan. U dastlab taxminan 64 dollar narxda (GoPro Hero 130 dollar) Xitoy bozori uchun chiqariladi.

Yi Action Camera 60 kadr/soniyalik 1920x1080 zichlikdagi videoni yozish imkoniga ega. Unga 16-Mpli Sony Exmor R CMOS-sensori o‘rnatilgan. Yi Action Camera 64 GB xotiraga ega. Shuningdek, kamera 40 metr chuqurlikda ham ishlash xususiyatiga ega.

80 dollarga Yi Action Camera’ning sayohat uchun mo‘ljallangan versiyasining sotib olish mumkin. Unda kameradan tashqari, avtoportretlar olishga mo‘ljallangan tayoq bo‘ladi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi kompaniyasi Yi Action Camera nomli sport kamerasini taqdim etdi