16:58 / 06.03.2015
6 595

Apple Pay to‘lov tizimi firibgarlar hujumiga uchradi

Apple Pay to‘lov tizimi firibgarlar hujumiga uchradi

Apple Pay to‘lov tizimi kredit kartalari haqida o‘g‘irlangan ma’lumotlardan foydalanib, to‘lov tizimi orqali noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirgan firibgarlar hujumiga uchradi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Keyinchalik qayta sotish maqsadida amalga oshirilgan noqonuniy xaridlardan 80 foizi Apple do‘konlarida amalga oshirilgan.

Xakerlar to‘lov tizimini buzib o‘tirishmagan. Taxmin qilinishicha, ular xarid uchun to‘lovni amalga oshirishda kredit kartaning o‘zi bo‘lishini talab qilmaydigan telefonlardan o‘g‘irlangan ma’lumotlardan foydalanishgan.

Apple kompaniyasi matbuot kotibi bu tizim oliy darajadagi xavfsizlikka egaligi va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yuqori darajada himoya qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Pay to‘lov tizimi firibgarlar hujumiga uchradi