iPhone 4 bundan olti yil muqaddam taqdim etilgan va kompaniyaning strategik modeliga aylangan edi. Shunisi qiziqki, haligacha 3,5 dyuymli ekranga ega mazkur apparatni foydalanuvchilar qo‘lida uchratish mumkin. Biroq texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi va natijada eski modellarni qo‘llab-quvvatlash hatto mana shunday gigant kompaniyalarga ham oson bo‘lmay qoladi. Kompaniya endilikda ushbu modelga turli ehtiyot komponentlar ishlab chiqarmaydi va servis xizmati ko‘rsatmaydi.
2016 yil 13-sentyabrdan boshlab kompaniya bir necha modellarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu degani na Apple va na telefonni ta’mirlash bo‘yicha rasmiy servis markazlari apparatni qabul qilishmaydi. Biroq bundan AQShning Kaliforniya shtati istisno qilingan. Shtat qonunlariga asosan kompaniya yana ikki yil davomida mazkur modelga xizmat ko‘rsatishga majbur.
Apple iPhone 4’dan tashqari ro‘yxatga iMac (Mid 2009), Mac mini (Mid 2010), Mac mini Server (Mid 2010), ikkinchi avlod iPod Shuffle (Late 2007 va Late 2008) pleerlari, 120 GB doimiy xotiraga ega iPod Classic, ikkinchi avlod iPod touch 2, to‘rtinchi avloddagi iPod Nano va 2008 yilning so‘ngida chiqarilgan 13-dyuymli MacBook kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi