13:29 / 08.03.2015
7 603

Apple’ning oltin aqlli soati narxi 10 ming dollar bo‘lishi ma’lum qilindi

Apple’ning oltin aqlli soati narxi 10 ming dollar bo‘lishi ma’lum qilindi

Apple kompaniyasi Apple Watch soatining premium versiyasi taqdimotini o‘tkazib, o‘zining oltin aqlli soati yakuniy narxini e’lon qiladi. Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Apple Watch Edition narxi 10 ming dollardan kam bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, soatning korpusi va bog‘ichi 750 probali oltindan yasalgan. Apple Watch Edition kompaniya tarixidagi eng qimmat mahsulot – 1983 yilda cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan 10 ming dollarlik Lisa kompyuterlarini ortda qoldirishi mumkin.

Hozirda soatning uch xil versiyasi – Apple Watch Sport, standart versiya hamda Apple Watch Edition taqdim etilishi kutilmoqda. Dastlabki versiya 350 dollar turadi, boshqalarining narxi ma’lum emas.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple’ning oltin aqlli soati narxi 10 ming dollar bo‘lishi ma’lum qilindi