5 190
Apple nima sababdan naushniklar ulagichini yangi smartfondan olib tashlaganini tushuntirdi
Apple vise-prezidentlari Greg Josvyak, Den Richchio va Fil Shiller BuzzFeed’ga bergan intervyusida iPhone 7 dan nega 3,5 millimetrli konnektor olib tashlanganini tushuntirib berdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Richchioning aytishicha, ushbu «havo bilan to‘ldirilgan tirqish» oxirgi bir necha yil mobaynida Apple innovasiyalari yo‘lida to‘siq bo‘lib kelgan ekan.
«Audioulagich 100 yoshda. U bilan bog‘liq oxirgi katta innovasiya 50 yil muqaddam amalga oshirilgan edi. Bilasizmi, bu nima edi? U biroz kichraytirilgan edi. Shundan buyon hech narsa o‘zgarmadi», — dedi Josvyak.
«Bu dinozavr. Olg‘a intilish payti keldi», — qo‘shimcha qildi u.
Richchioning ta’kidlashicha, ulagichdan qutulgan ishlanma mualliflari nihoyat yuqori hajmdagi akkumulyatordan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, suv o‘tkazmaslik texnikasi hamda Home tugmasi uchun Taptic Engine o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi