Yaponiyaning Prodrone kompaniyasi inson qo‘llariga o‘xshash mexanik manipulyatorlarga ega multikopterni taqdim etdi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». Uchuvchisiz uchar qurilma 20 kilogrammgacha og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.
Dron PD6B-AW-ARM deb nomlandi. U havo orqali yuk tashish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz qurilmadir. Ikkita mexanik qo‘lning har bittasi 10 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.
Manipulyatorlar sharofati bilan dron turli-tuman yuklarni ko‘tara oladi. Ularni maxsus mahkamlash materiallaridan foydalanib tashishga tayyorlash shart emas. Asosiysi, uchar qurilma ob’ektga qo‘llari yordamida birikib olsa, bo‘ldi.
Multikopterning boshqa texnik xususiyatlari raqobatchilarinikidan ko‘p ham farq qilmaydi. U soatiga 60 km tezlikda harakatlana oladi, ichki akkumulyatorining quvvati esa o‘rtacha 30 daqiqalik parvozga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi