11:26 / 12.09.2016
5 093

Etib oldi, lekin o‘zib ketmadi: Apple iPhone 7 raqiblariga qiyoslanganda

Etib oldi, lekin o‘zib ketmadi: Apple iPhone 7 raqiblariga qiyoslanganda

iPhone smarfonlari yangi turkumining asosiy raqibi Samsung Galaxy S7 va Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari hisoblanadi. Counterpoint kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, ularning jahon bozoridagi sotuv hajmi oxirgi model Apple smartfonlaridan kamida ikki barobar kamroq ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda va bu esa juda ham yaxshi natija hisoblanadi.

Shu modellar darajasidagi smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘p, lekin biz solishtiruv uchun Sony, HTC va Huawei smartfonlarini misol qilib oldik.

Texnik ko‘lamdagi farqlar
Apple’ning yangi smartfonlari bozordagi boshqa flagman smartfonlaridan bir necha texnik parametrlar tufayli ortda qoladi. Ekranlarining yuqori sifatiga qaramasdan piksellari kamroq, operativ xotirasi ham qamroq, shuningdek, sig‘imi qichikroq akkumulyatorlar va yuqori narx ularning kamchiligi hisoblanadi.

iPhone 6’ga nisbatan prosessorning tezligi ikki barobar oshgan. Bu esa, Apple o‘z raqiblariga etib olganini yoki ulardan rasmiy ravishda o‘zib ketganidan dalolat beradi. Shuningdek, iPhone 7 chipi arxitekturasi big.LITTLE prosessorlarining arxitekturasini eslatadi. Bu texnologiyaga o‘xshash texnologiyani qo‘llanishi natijasida smartfonning butun tizimi ishlash vaqti cho‘ziladi.

Ammo, misol tariqasida olingan Samsung Galaxy S7 va Huawei P9 smartfonlari bunday texnologiyadan bir necha yil avval qo‘llashni boshlashgan.

Boshqa farqlar
Eng ko‘zga tashlanuvchi o‘zgarishlardan biri bu iPhone 7 Plus modelidagi ikkita asosiy kamera. Kamera ikkita har xil fokus masofasiga ega 12 megapikselli matrisaga joylashtirilgan ob’ektivlardan iborat. Bunday texnologiya, esingizda bo‘lsa, LG G5 smartfonida qo‘llanilgan edi. Lekin bu smartfondagi kamera matrisalarining piksellari miqdori ko‘proq.

Yana bir muhim farqlardan biri bu quloqchinlar uchun standart teshiklarning olib tashlangani hisoblanadi. Ularning vazifasi ko‘pfunksional Lightning teshigiga yuklatildi. Ammo iPhone 7 bilan birga keluvchi standart quloqchinlarning sifati qoniqtirmasa, smartfon egalari ulagichlardan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

IP67 reytingiga ega bo‘lgan chang va suvdan himoya “qobig‘”ining qo‘shilganligiga xursand bo‘lish mumkin. Lekin kompaniyaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan bunday “qobiq” o‘z kuchini yo‘qotishi ehtimoli bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Etib oldi, lekin o‘zib ketmadi: Apple iPhone 7 raqiblariga qiyoslanganda