Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qilish uchun yangi funksiya yo‘lga qo‘yildi. Foydalanuvchilar u yordamida o‘zlari noo‘rin yoki haqoratli deb bilgan so‘zlarni belgilashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida "Kun" ma’lum qildi.
Mazkur opsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so‘zlar izohlarda ko‘rsatilmaydi.
Yangi funksiyani Instagram sozlamalarida faollashtirish mumkin, buning uchun ilovadagi "oltilik" belgisini bosish kerak.
Servis ishtirokchilari o‘zlari uchun mana shunday so‘zlar ro‘yxatini tuzib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olishadi. Yangilik mavjud moderasiya vositalariga qo‘shimcha sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni o‘chirish, noo‘rin izohlar haqida xabar berish va akkauntlarni bloklash mumkin.
"Barcha foydalanuvchilarimizni xavfsizlantirish uchun biz insonlarga hech qanday tanqid yoki haqoratni ko‘rsatmay, o‘zligini saqlab qolishiga sharoit yaratishimiz lozim", - deya ta’kidladi Instagram bosh direktori Kevin Sistorom.
12 sentyabrdan e’tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvchilari yangi funksiya asosida o‘z sahifalaridagi izohlarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi