10:35 / 10.03.2015
6 565

Apple kompaniyasi MacBook noutbukining yangi versiyasini namoyish qildi

Apple kompaniyasi MacBook noutbukining yangi versiyasini namoyish qildi

Apple kompaniyasi o‘tkazayotgan Spring Forward maxsus tadbirida kompaniya MacBook noutbukining yangi versiyasi namoyish qilindi.

Qurilma avvalgi modelidan 24 foizga ingichkaroq qilib ishlangan (17,3 mmga nisbatan 13,11 mm) va og‘irligi 907 grammdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Apple vise-prezidenti Fil Shillerning aytishicha, noutbukdagi akkumulyator qurilmaning kunbo‘yi ishlashiga imkon beradi.

Qurilmalar 10 apreldan standart ko‘rinishdagi modeli uchun 1299 dollar, oliy ko‘rinishdagi modeli uchun 1599 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Yangi MacBook uch xil: kumushrang, to‘q-kulrang hamda tillarang ko‘rinishlarda sotiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi MacBook noutbukining yangi versiyasini namoyish qildi