22:52 / 21.09.2016
6 684

Xitoylik qiz internetdan iPhone 7 buyurtma qilib, iPhone 3GS va iPhone 4 oldi

Xitoylik qiz internetdan iPhone 7 buyurtma qilib, iPhone 3GS va iPhone 4 oldi

Xitoylik Kanel Mimi internet orqali iPhone 7 smartfonini AQShdagi rasmiy narxidan 150 dollarga arzonroq — 500 dollarga xarid qilish maqsadida buyurtma berdi. Ammo sotuvchi xaridni nozik hazilga aylantirdi, deb xabar beradi «Daryo».

Qiz eBay orqali «pushtirang oltin» rangli iPhone 7 buyurtma bergandi, ammo unga etkazilgan quti ichiga ikkita smartfon joylangan edi — 2009 yili chiqarilgan iPhone 3GS va 2010 yilning iPhone 4 telefoni. Bundan tashqari, quti ichiga Yu Gi Oh o‘yinidan olingan mashhur «Polimerizasiya» kartasi solib qo‘yilgan edi.

O‘yin qoidalariga muvofiq, bu karta ikkita zaif mavjudotni bitta kuchli qahramonga aylantiradi. Bu bilan sotuvchi qizga iPhone 3GS va iPhone 4 ni birlashtirib, iPhone 7 ga aylantirishni hazil tariqasida tilagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoylik qiz internetdan iPhone 7 buyurtma qilib, iPhone 3GS va iPhone 4 oldi