16:32 / 23.09.2016
9 444

“Beeline” onlayn-to‘lovlar uchun “Beepul” yangi mobil ilovasini ishga tushirdi

“Beeline” onlayn-to‘lovlar uchun “Beepul” yangi mobil ilovasini ishga tushirdi

Beeline mijozlariga yangi internet-xizmat – onlayn-to‘lovlar uchun Beepul yangi mobil ilovasini taqdim etmoqda. Yangi mobil ilova abonentlarga call-markaziga qo‘ng‘iroq qilmasdan, va kompaniya ofislariga tashrif buyurmasdan, istalgan joydan mobil balansi hisobini, shuningdek boshqa aloqa kompaniyalari balansi hisobini to‘ldirish, internet-provayder xizmatlari, kabel TV, shaxar telefoniyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek avtoto‘lov tizimini sozlash imkonini beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Beeline‘ning digital-transformasiyasi kompaniya faoliyatining barcha jihatlarini, birinchi navbatda esa — xizmat ko‘rsatishni qamrab olmoqda. Yangi mobil ilova abonentlarning operator bilan munosabatini prinsipial yangi sifatli darajaga ko‘targan va qulaylik bilan ta’minlagan holda noyob mijozlik tajribasini yaratadi”.

Mobil ilovaning asosiy funksional imkoniyatlari:

- ham abonent buyrug‘i, ham avtomatik tarzda abonentning bank kartasidagi mablag‘ orqali telefon balansini to‘dirish;

- komissiyasiz hisob to‘ldirish;

- hisobni qo‘shimcha harajatlarsiz rouminga ham to‘ldirish;

- bir nechta plastik kartalarni ro‘yhatdan o‘tkazish;

- mablag‘ni akseptsiz echib olishni aktivasiya qilish;

- to‘lov natijalari haqida SMS olish.

Ilovaning qulay interfeysi to‘lov uchun xizmatlarni tez tanlashda yordam beradi. Bundan tashqari mobil balansi Beepul tizimi orqali $2 va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda abonentlar tarmoq ichida 50 daqiqa va 50 SMS, shuningdek 50 Mb bonusga ega bo‘ladilar.

Beeline‘ning kelgusi rejalarida — iOS uchun mobil ilovani joriy etib, Beepul to‘lov tizimi rivojlanishini yanada kengaytirish.

Android uchun Beepul ilovasini quyidagi havola bo‘yicha yuklab olish mumkin: https://onelink.to/7qcgcp

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Beeline” onlayn-to‘lovlar uchun “Beepul” yangi mobil ilovasini ishga tushirdi