Facebook ijtimoiy tarmog‘i Falastinlik nashrlarda ishlaydigan jurnalistlarning profillarini bloklab qo‘ygani uchun tanqidga uchradi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoq vakillarining so‘zlariga ko‘ra, falastinlik jurnalistlarga qarashli profillar xizmatdagi qoidalar buzilganligi sababli noxos bloklangan. Biroq Falastin tomoni bunday harakat Isroilning yaqinda onlayn tajovuzlarga qarshi qilingan bayonoti bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda.
Isroil tomoni bundan bir necha oy oldin Facebook va Twitter kabi tarmoqlarni Falastin va Isroil hududida yuz bergan betartibliklarni keltirib chiqargan tajovuzkor onlayn kontentni xizmatda joylashda ayblagan edi. Falastin tomoni esa ushbu ayblovlarni rad etib, bunday hodisalar Isroilning Falastin erlarini anneksiya qilishi natijasida sodir bo‘lganini ta’kidlagan.
Falastinlik jurnalistlarning profillari o‘tgan hafta juma kuni bloklanib, yakshanba kuni qayta tiklangan. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Facebook tarmog‘i senzura bilan aloqador ishlari sababli keskin tanqidga uchragandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi