15:37 / 02.10.2016
6 597

Amitabx Bachchan o‘ziga tegishli Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotganidan shikoyat qildi

Amitabx Bachchan o‘ziga tegishli Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotganidan shikoyat qildi

Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan o‘ziga Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotgani haqida o‘zining Tvitterdagi sahifasida yozib o‘tgan. Aktyorning yozishicha, unga qarashli mazkur smartfonning batareyasi 60%dan ortiq quvvat olmayapti. U Samsung’dan ushbu nosozlikni bartaraf qilishni so‘ragan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Aftidan, aktyor Galaxy Note 7 atrofida bo‘layotgan voqealar haqida xabardor emas. Mazkur smartfonning batareyasida nosozlik aniqlangach, Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus dastur yangilanishi orqali uni vaqtinchalik faqat 60%gacha quvvatlanadigan qilib qo‘ygan. Shuningdek, Samsung hali Hindistonda rasmiy Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvga chiqarmagan. Shuning uchun mashhur aktyor o‘zining smartfonini boshqa mamlakatdan xarid qilgan, deb xulosa qilish mumkin.

Hodisaga mantiqan yondashsak, Amitabx Bachchanning Galaxy Note 7 smartfoni istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin. Shuning uchun tarmoq foydalanuvchilari aktyorga telefonni qaytarib berishni yoki uni almashtirishni maslahat berishgan.

Eng qizig‘i, Bachchanning ushbu shikoyati Hindiston fuqaro aviasiyasi tashkiloti Galaxy Note 7 smartfonlarini samolyot bortlarida olib kirishga ruxsat bergan kunda yozilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amitabx Bachchan o‘ziga tegishli Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotganidan shikoyat qildi