18:30 / 05.10.2016
7 479

Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi

Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi

“MIT.uz” — milliy internet tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

To‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan veb-dasturchi, dizayner, robototexnik, jurnalistlar hamda blogerlar qatnashishi mumkin. Tanlovga faoliyat ko‘rsatayotgan yoki 2016 yil 1 sentyabrgacha internet tarmog‘iga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etiladi. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan saytlar miqdori cheklanmagan.

Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Asosiy nominasiyalar:
- O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt;
- Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt;
- Davlat tilidagi eng yaxshi sayt;
- Eng yaxshi yangiliklar sayti;
- O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
- O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
- Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;
- Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt;
- Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt;
- Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;
- O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt.

Qo‘shimcha nominasiyalar:
- Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt
- Sport sohasida eng yaxshi sayt
- Eng yaxshi shaxsiy blog
- Eng yaxshi sayt dizayni
- Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
- Mobil aloqa vositalari uchun mo‘ljallangan eng yaxshi dastur

Tanlovning nizomida qayd etilishicha, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi. Tanlov uch bosqich (tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, g‘olib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash)da o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e’lon qilinadi.

Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchisi arizani topshirishdan oldin tanlov nizomi bilan to‘liq tanishib chiqishi va unda ko‘rsatilgan talablar hamda qoidalar asosida arizani to‘ldirilish lozim. Ishtirokchilar arizani tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sahifasi va @MITUZBOT telegram boti orqali to‘ldirishi yoki [email protected] elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi