15:50 / 06.10.2016
6 354

Ubuntu bazasidagi Dell XPS 13 sotuvga chiqarildi

Ubuntu bazasidagi Dell XPS 13 sotuvga chiqarildi

Linux Ubuntu dasturini etkazib berishga ixtisoslashgan Canonical kompaniyasi AQSh va Evropa mamlakatlarida Dell XPS 13 modelidagi ultrabuk savdolari boshlangani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur ultrabuk Ubuntu 16.04 LTS operasion tizimida ishlaydi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Dell XPS 13 modeliga ettinchi avlod Intel Core (Kaby Lake arxitekturasida) prosessori o‘rnatilgan bo‘lib, avtonom ishlash samaradorligi bir necha barobarga oshgan. Bundan tashqari, ultrabukning “pushti tilla” rangli varianti ham tayyorlangan, qurilma Thunderbolt 3 porti va takomillashgan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.

Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatilgan ultrabuk versiyasida avtonom ishlash vaqti 22 soatga etadi, QHD variantida esa bu ko‘rsatkich 13 soatni tashkil qiladi.

Modelning Full HD displeyli, Intel Core i5 prosessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB SSD xotira o‘rnatilgan versiyasi 949,99 dollar narxida hozircha AQSh va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ubuntu bazasidagi Dell XPS 13 sotuvga chiqarildi