15:52 / 06.10.2016
6 896

Lenovo 12 dyuymli Yoga Book tayyorlamoqda

Lenovo 12 dyuymli Yoga Book tayyorlamoqda

Bluetooth SIG (Special Interest Group) va boshqa sertifikatlash hujjatlariga asoslanib, Notebook Italia nashri bergan xabarga ko‘ra Xitoyning Lenovo kompaniyasi 12 dyuymli Yoga Book versiyasini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.

IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida ko‘rsatilgan Yoga Book netbuklari (gibrid planshet) mobil sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Modelning ajralib turadigan xususiyati shundaki, unga klaviatura o‘rniga sensorli panel o‘rnatilgan. Shuningdek, panelda yozish uchun Wacom stilusi ham ko‘zda tutilgan.

Hozirda Yoga Book 10 dyuymli ekran versiyasida, Windows va Android platformalarid taqdim etilmoqda. Bluetooth SIG keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, netbukning Lenovo YB-Q501L va YB-Q501F model kodli variantlari tayyorlanmoqda. Geekbanch benchmarkida ushbu modellar Yoga Book12 nomi ostida keltirilgan. Unga 2/4 GB tezkor, Intel Atom x5-Z8550 prosessori va Android 6.0.1 Marshmallow o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lenovo 12 dyuymli Yoga Book tayyorlamoqda